Oʻzbekistonliklar Rossiyaga ishlash uchun kirayotgan chet elliklar orasida yetakchiligicha qolmoqda
2026-yil yanvar–sentabr oylarida Rossiyaga ishlash uchun 1,5 mln nafar Oʻzbekiston fuqarosi kirdi — bu boshqa mamlakatlar fuqarolarinikidan koʻp
17-noyabr, 10:56По-русски

ritmeurasia.ru
2026-yilning toʻqqiz oyida kirish maqsadi sifatida ishni koʻrsatgan chet elliklar orasida Oʻzbekiston fuqarolari birinchi oʻrinni egalladi. Tojikiston fuqarolari 665 892 kishi bilan ikkinchi, Qirgʻiziston fuqarolari esa 289 061 kishi bilan uchinchi boʻldi.
2025-yilning shu davrida Rossiyaga ishlash maqsadida 1 771 406 nafar Oʻzbekiston fuqarosi kirgan — bu 2026-yildagidan 236 380 nafarga koʻp. Oʻzbekistonliklar Rossiyada ishlash istagida boʻlganlar orasida yilning birinchi yarmida ham yetakchilik qilgan.



