Dow-Jons indeksi 1 100 punktga tushdi, S&P 500 ketma-ket oltinchi sessiyada pasaymoqda
19 noyabrdagi savdolarda sotuvlar AQSh bozorining deyarli barcha qismini qamrab oldi

Dow Jones 2,19 foizga pasaydi, Nasdaq Composite esa 2,23 foiz yoʻqotdi. Sotuvlar aksariyat sektorlarga taʼsir qildi: investorlar inflyatsiya, foiz stavkalari va aksiyalarning yuqori baholanishi bilan bogʻliq xavotirlar fonida oʻsish kompaniyalari aksiyalaridagi pozitsiyalarini qisqartirishda davom etdi.
Ayrim qimmatli qogʻozlar bozorga qarshi harakatlandi. Fransiyaning Sanofi farmatsevtika kompaniyasi Insmedʼni sotib olishni koʻrib chiqayotgani haqidagi xabarlardan soʻng Insmed aksiyalari keskin qimmatlashdi. Palo Alto Networks aksiyalari esa kutilganidan yaxshiroq choraklik hisobot eʼlon qilinib, boshqa kompaniyani sotib olishi maʼlum qilinganidan keyin koʻtarildi.
Advanced Micro Devices aksiyalari, aksincha, OAV kompaniyaning qora roʻyxatga kiritilgan xitoylik server ishlab chiqaruvchisi bilan taxmin qilinayotgan aloqalari haqida xabar berganidan soʻng pasaydi. Bu allaqachon AQSh eksport cheklovlarining kuchayishiga duch kelayotgan yarimoʻtkazgichlar sanoati atrofidagi noaniqlikni kuchaytirdi.
Maqolada sotuvlar texnologiyalar sektoridan tashqariga tobora koʻproq chiqayotgani qayd etiladi. Nvidiaʼning kuchli choraklik hisoboti investorlar kayfiyatini oʻzgartira olmadi. Federal zaxira tizimi foiz stavkalarini yana oshirish ehtimoliga yoʻl qoʻyishda davom etsa, saqlanib qolayotgan qatʼiy moliyaviy sharoitlar bosimni kuchaytiruvchi qoʻshimcha omil boʻlishi mumkin.
Yana oʻqing

JPMorgan Oʻzbekiston davlat qimmatli qogʻozlari bozoriga kirish imkoniyatlarini koʻrib chiqmoqda
Investitsiyalar25-noyabr, 17:37
Jensen Huang NVIDIAʼga qaytgach, Tesla aksiyalari 13 foizga oshdi
Investitsiyalar24-noyabr, 10:50
