Mask toʻqqizta dvigatel va qariyb 150 metr balandlikka ega Starship V4 haqida soʻzlab berdi
Starship raketasining keyingi versiyasi yigʻilgan holda qariyb 150 metr balandlikka yetishi mumkin, uning yuqori bosqichiga esa oltita emas, toʻqqizta dvigatel oʻrnatiladi, deb maʼlum qildi SpaceX rahbari Ilon Mask. Uning ilk parvozi 2027-yilda kutilmoqda.

Maskning soʻzlariga koʻra, Starship V4 kemasining uzunligi qariyb 70 metrni tashkil etadi, yoqilgʻi zaxirasi esa 60 foizdan koʻproqqa oshadi. SpaceX kosmosda ishlashga moʻljallangan uchta Raptor Vacuum dvigatelini qoʻshishni rejalashtirmoqda. Yangi avlod dvigatellari bundan tashqari kattaroq tortish kuchini ham rivojlantirishi kerak.
Taqqoslash uchun, Starship V3 kemasining uzunligi qariyb 52 metr. Super Heavy tezlatkichi bilan birga tizim balandligi 124 metrga yetadi. V4 ning bitta yuqori bosqichi balandligi boʻyicha ikki bosqichli Falcon 9 raketasiga qiyoslanadigan boʻladi.
Mask 2025-yil avgustida eʼlon qilgan yoʻl xaritasida V4 ning yigʻilgan holdagi balandligi 142 metr, kemaning balandligi esa 61 metr deb koʻrsatilgan edi. Oʻshanda ilk parvoz 2027-yilga rejalashtirilgandi. Yangi xabarida Mask oʻlchamlar boʻyicha bahosini qayta koʻrib chiqdi, biroq ilk parvoz sanasini aniqlashtirmadi.
Bu bayonot Starshipʼning 15-sinov parvozidan keyin yangradi. Kema Starlink V3 sunʼiy yoʻldoshlarini orbitaga olib chiqdi, 14-noyabr kuni esa uchirish minorasi orbitadan qaytgan yuqori bosqichni ilk bor tutib qoldi. Xuddi shu sinov davomida Super Heavy tezlatkichi suvga qoʻndirish uchun yoʻnaltirildi.
Yana oʻqing

FT maʼlumotlariga koʻra, Nvidia Janubi-Sharqiy Osiyoga sunʼiy intellekt serverlari yetkazib berishni toʻxtatishni buyurdi
Texnologiyalar08:49
Elektromobil narxidagi robot: Xpeng androidlarini qancha narxda sotishni rejalashtirayotganini maʼlum qildi
Texnologiyalar26-noyabr, 17:03
