AQSh Eronga qarshi sanksiyalarni kuchaytirmoqda, «soya bankchiligi» tarmoqlarini nishonga olmoqda
AQSh Moliya vazirligi yigirmadan ortiq Eron ayirboshlash uyi, qobiq kompaniyasi va muhim xodimlariga sanksiya joriy etib, global «soya bankchiligi» tarmoqlarini barbod etishga urinayotganini bildirdi.

Vazirlik taʼkidlashicha, bu tuzilmalar xalqaro moliya tizimi orqali milliardlab dollarni oʻtkazishga yordam berib, keng qamrovli sanksiyalarga qaramay, Eron rejimiga xorijiy valyutadan foydalanish imkonini bermoqda. Bayonotda Eronning «soya bankchiligi» tizimi Eron Markaziy banki nazoratida ekani aytilgan.
«Eronning soya bank tizimi bankrot boʻlgan rejimning soʻnggi moliyaviy najot arqonidir», — dedi AQSh Moliya vaziri Skott Bessent. «Moliya vazirligi ilonning boshini koʻmib tashlamagunimizcha, bu noqonuniy tarmoqlarni tugatishda davom etadi».
Roʻyxatga Eronda joylashgan Rahbar Bazargani Nesim Baharan Qeshm Company (Nesim Baharan) ham kiritildi. AQSh Moliya vazirligi maʼlumotiga koʻra, u Eronning ayirboshlash uylari va qobiq kompaniyalari bilan yaqindan hamkorlik qilib, Bank Sarmayeh mijozlari, jumladan yirik Eron neft-kimyo kompaniyalari uchun operatsiyalarni amalga oshirishga koʻmaklashgan. Shuningdek, Mina Fashki and Partners Exchange Company (Fashki Exchange), Mellat Exchange Company hamda ularning bir qator egalari va xodimlariga qarshi sanksiyalar joriy qilindi.



