MB kurslariUSD12 002.10+14.21EUR13 166.30+51.55RUB146.02+0.61CNY1 802.06+6.31KZT26.21+0.04GBP15 721.55+65.3727.11.2026 holatiga
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar

AQShda sunʼiy intellekt sohasidagi yangi istiqbolli biznes: ajrashishlar

Sunʼiy intellekt xizmatlari ajrashish uchun hujjatlarni tayyorlash va sobiq er-xotin yozishmalarini muloyimroq qilishga yordam bermoqda, biroq yuristlar xatolar va nazorat zarurligidan ogohlantirmoqda.

24-noyabr, 10:42По-русски

Read in English

businessinsider.com

Xyuston shahrida yashovchi 49 yoshli Anjela Meyson oʻz munosabatlarini umumiy huquq asosidagi nikoh deb tan olish masalasida sudda ChatGPTʼdan foydalangan. Chat-bot hujjatlarni tahlil qilish, koʻrsatmalar berishni mashq qilish va xatlarni tahrirlashda yordam bergan. Meyson may oyida ishda gʻalaba qozongan.

Sobiq er-xotinlar muloqoti uchun alohida vositalar ham yaratilmoqda. Elliott Kreynning SayWell xizmati tajovuzkor xabarlarni bloklaydi va betarafroq shakldagi jumlalarni taklif qiladi. Saul Kennedining BestInterest xizmati yozishmalarni filtrlab, jadval yuritadi va cheklarni saqlaydi, haqoratlarni sud uchun zarur maʼlumotlardan ajratadi. Mediator Gabby mediatsiya uchun maʼlumot toʻplashga yordam beradi, Deliberately esa hujjatlarni saralab, ularning qisqacha mazmunini tayyorlaydi.

Yuristlarning fikricha, sunʼiy intellekt kundalik ishlarni tezlashtiradi, biroq ularning nazoratini almashtirmaydi. Oʻrtacha ajrashish jarayoni qariyb bir yil davom etadi va mijozga $11 000 dan koʻproqqa tushadi. Clio maʼlumotlariga koʻra, huquq sohasi mutaxassislarining 85 foizi sunʼiy intellekt joriy etilganini bildirgan, biroq hozircha muddatlar va xarajatlarda sezilarli qisqarish kuzatilmagan.

Xatarlar notoʻgʻri javoblar hamda chat-botlarning faqat er-xotindan birining versiyasini qoʻllab-quvvatlashga moyilligi bilan bogʻliq. Oilaviy huquq boʻyicha qarorlarda kamida 155 ta soxta huquqiy havola aniqlangan. Sunʼiy intellekt yaratgan moliyaviy hujjatlar va fotosuratlar ham dalillarni tekshirishni qiyinlashtirishi mumkin.