Sunʼiy intellekt dunyo faoliyatini taʼminlovchi dasturlarning butun tuzilmasini buzmoqda
Calif kompaniyasi OpenAIʼning GPT-6 modeli yordamida Javaʼdagi kritik zaiflikni aniqladi. Xatoni topishga bir soat, ekspluat yaratishga yana ikki soat ketdi; tokenlar $200 dan kam turdi.

Calif tadqiqotchisi xatoni topishga bir soat, ekspluat yaratishga esa yana ikki soat sarfladi. Java4Shell zaifligi ikkilik maʼlumotlarni oʻqiladigan matnga aylantiruvchi base64 dekoderida aniqlangan.
Java bitta tenglik belgisi bilan 64 ta «A» belgisini qayta ishlaganda xato yuzaga keladi. Tadqiqotchilar GPT-6 Cyber modeli yordamida xotira buzilishini boshqarib, tizimga kirish, maʼlumotlarni oshkor qilish yoki kodni masofadan ishga tushirish imkoniga ega boʻldi.
Java Fortune 500 roʻyxatidagi kompaniyalarning qariyb 90 foizida ishlatiladi. Zaiflik, xususan, NASA va UnitedHealthcare foydalanadigan ochiq kodli autentifikatsiya tizimi Keycloakʼga hujum qilish uchun ham qoʻllanishi mumkin.
Oʻtgan oy Calif OpenAI modeli yordamida internet saytlarining qariyb 70 foizi ishlaydigan PHP tilida zaifliklarni aniqladi. Tadqiqotchilar tajovuzkorlarning yangi turini «kentavr-xaker» deb atamoqda — bu sunʼiy intellekt bilan birga ishlaydigan inson. Ular yaqin orada avtonom modelga operator kerak boʻlmay qolishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.
Yana oʻqing

FT maʼlumotlariga koʻra, Nvidia Janubi-Sharqiy Osiyoga sunʼiy intellekt serverlari yetkazib berishni toʻxtatishni buyurdi
Texnologiyalar08:49
Elektromobil narxidagi robot: Xpeng androidlarini qancha narxda sotishni rejalashtirayotganini maʼlum qildi
Texnologiyalar26-noyabr, 17:03
