Mikro, kichik va oʻrta biznes Oʻzbekistonda bandlikning 75 foizini taʼminlaydi
Hududiy loyihalar hisobidan yana 320 mingta ish oʻrni yaratish rejalashtirilmoqda

2030-yilga borib mikro, kichik va oʻrta korxonalarning yirikroq toifalarga oʻtish surʼatlarini ikki baravar oshirish, ushbu sektorning bandlikdagi ulushini 80 foizga yetkazish va norasmiy bandlikni qisqartirishni davom ettirish rejalashtirilgan. Bu haqda 25-noyabr kuni prezident huzuridagi taqdimotda maʼlum qilindi.
2017-yildan buyon 11 million kishi kambagʻallikdan chiqdi. Mikro, kichik va oʻrta biznes Oʻzbekistondagi bandlikning 75 foizini taʼminlaydi, biroq yalpi ichki mahsulotning 55 foizini shakllantiradi. Mikrofirmalarning atigi 4 foizi yirikroq toifalarga oʻtmoqda. 2030-yilga borib oʻrta sinf ulushini 90 foizga yetkazish rejalashtirilgan.
Tadbirkorlarga biznesni yoʻlga qoʻyishdan tortib tashqi bozorlarga chiqishgacha kompleks koʻmak koʻrsatish rejalashtirilmoqda. Koʻmak vositalari qatoridan kreditlar, kafolatlar, kafilliklar, lizing, faktoring, venchur moliyalashtirish va kapitalga investitsiyalar oʻrin oladi. Shuningdek, oʻqitish va maslahat xizmatlari ham koʻzda tutilgan.
Markaziy bank kreditga layoqatlilikni muqobil tarzda baholashni, banklar va fintech-kompaniyalar oʻrtasida maʼlumotlarning xavfsiz almashinuvini yoʻlga qoʻyishni hamda bitta ariza orqali bir nechta bankning takliflarini olish imkonini berishni taklif qildi. Hududlarda biznes-inkubatorlar, loyiha ofislari va «yagona darcha» tamoyili asosida tuman darajasidagi qoʻllab-quvvatlash markazlarini tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Qiymati 81 trillion soʻm boʻlgan mingta hududiy loyiha hisobidan 320 mingta ish oʻrni yaratish rejalashtirilgan. Mirziyoyev tashabbuslarni takomillashtirish va idoralarning vazifalarini belgilashni topshirdi.
Yana oʻqing

Fransiyada Rossiyaning «Google»i Irlandiyadagi Googleʼdan 1,9 mlrd yevro undirishga urinmoqda
Biznes11:07
SpaceX aksiyalarini amerikaliklarning yangi avlodi bilan boʻlishadi: har bir bola kompaniyada ulush oladi
Biznes08:57
