MB kurslariUSD12 002.10+14.21EUR13 166.30+51.55RUB146.02+0.61CNY1 802.06+6.31KZT26.21+0.04GBP15 721.55+65.3727.11.2026 holatiga
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Bozorlar

AQSh uchun Rossiya dizel yoqilgʻisini olib ketayotgan tankerlar Braziliyaga yetib keldi

AQSh va Rossiya prezidentlari kelishuviga koʻra yuborilgan Rossiya dizel yoqilgʻisi ortilgan toʻrtta tankerdan ikkitasi Braziliya portlariga kirdi. AQShga esa birortasi ham yetib kelmadi.

20-noyabr, 14:50По-русски

Read in English

rbc.ua

Rossiya kelishuv doirasida yoqilgʻi ortilgan toʻrtta tankerni yuborgan: ikkitasi allaqachon Braziliyaga yetib keldi, yana biri Janubiy Amerika sohillari boʻylab harakatlanmoqda, toʻrtinchisi esa Atlantika okeanida. Uning AQSh tomon harakati haqida maʼlumot yoʻq.

Oktyabr oyining boshida tomonlar Rossiya dizel yoqilgʻisini AQSh va jahon bozorlariga yetkazib berishga kelishib oldi. AQSh Moliya vazirligi sanksiyalar tatbiq etiladigan yoqilgʻi bilan operatsiyalarni vaqtincha amalga oshirishga ruxsat berdi.

Donald Tramp maʼmuriyati yetkazib berishlar AQShda yoqilgʻi narxlarini pasaytirishga yordam berishini bildirgan. Kelishuv mamlakat ichida ham, xorijda ham tanqid qilindi, ekspertlar esa koʻzda tutilgan hajm Amerika bozoriga taʼsir qilmasligini taʼkidladi.