MB kurslariUSD12 002.10+14.21EUR13 166.30+51.55RUB146.02+0.61CNY1 802.06+6.31KZT26.21+0.04GBP15 721.55+65.3727.11.2026 holatiga
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Tahlil

Trampning Gʻazo boʻyicha Tinchlik kengashiga vaʼda qilingan $18 mlrd nima boʻldi?

Donorlar Trampning Tinchlik kengashi orqali Gʻazoni tiklash uchun qariyb $18 mlrd ajratishni vaʼda qilgan edi, biroq sulh kuchga kirganidan bir yildan koʻproq vaqt oʻtgan boʻlsa-da, ishlar boshlanmadi. $280 mlnning katta qismi oʻzlashtirilmagan.

19-noyabr, 12:00По-русски

Read in English

thenationalnews.com

Tinchlik kengashi donorlarning dastlabki moliyaviy majburiyatlari qariyb 18 mlrd dollarga yetganini maʼlum qildi. Shu bilan birga, qurilishning boshlangʻich bosqichi uchun kengash $280 mln soʻragan, kengashning sentyabrdagi bayonotiga koʻra, bu mablagʻning katta qismi oʻzlashtirilmay qolgan.

Isroil xalqaro kuchlar yoki tayyorgarlikdan oʻtgan Falastin politsiyasiga Gʻazoga kirib, HAMASni qurolsizlantirishni boshlashga ruxsat bermaguncha, loyihalarni boshlab boʻlmaydi. Isroil oziq-ovqat va tibbiy yordam yetkazib berishni ham cheklamoqda, vaʼda qilingan koʻchma uylarning olib kirilishiga yoʻl qoʻymayapti hamda Gʻazoni boshqarish boʻyicha Falastin qoʻmitasining sektor hududiga kirishiga ruxsat bermayapti. Qoʻmita Qohirada faoliyat yuritmoqda.

Sulh kuchga kirganidan beri, Falastin Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, Isroil kamida 1 658 nafar falastinlikni oʻldirdi, 6 000 kishini yaraladi. Qariyb 1,4 mln falastinlik hamon vaqtinchalik boshpanalarda yashamoqda.

Kengashni Donald Tramp Gʻazo boʻyicha reja doirasida taklif qilgan va unga tiklanishni muvofiqlashtirish vakolati berilgan. Uning tarkibiga Oʻzbekiston ham kiradi. Oʻzbekiston moliyaviy majburiyat olganini ham eʼlon qilgan, biroq uning miqdori oshkor etilmagan.