XEA Ormuz boʻgʻozidagi inqirozni energetika tarixidagi eng katta shok deb atadi
XEA Ormuz boʻgʻozi atrofidagi inqirozni kuzatuvlar tarixidagi jahon energetika xavfsizligiga eng katta tahdid deb atadi. Agentlik narxlarni jilovlash zaxiralari tugayotganidan ogohlantirdi.

Bunday xulosa World Energy Outlook 2026 hisobotida keltirilgan. XEA ijrochi direktori Fotih Birol inqiroz koʻlami 1970-yillardagi neft shoklaridan kattaroq ekanini, bozorlarni himoya qilishning avvalgi mexanizmlari esa endi ishlamayotganini taʼkidladi.
Eskalatsiya 2026 yil fevralida AQSh va Isroilning Eronga bergan zarbalaridan soʻng boshlandi. Bunga javoban Tehron boʻgʻozdagi kemalar qatnovini amalda toʻsib qoʻydi va tankerlarni nishonga oldi. Mojarogacha bu yoʻnalish orqali sutkasiga qariyb 20 million barrel neft tashilardi.
Qazib olish hajmi oshgani, aylanma quvurlardan foydalanilgani va Xitoy ochiq bozordagi xaridlarini qisqartirganiga qaramay, noyabrga kelib jahon bozori 2,8 milliard barrel neft va 60 milliard kub metr gazni kam oldi. Isteʼmolchilar yuqori narxlar va ayrim hududlarda yoqilgʻi taqchilligiga duch keldi.
Hisobotda uzoq davom etadigan beqarorlik ssenariylari ham koʻrib chiqilgan. Ularda aylanma quvurlar qurilishini tezlashtirish, qayta tiklanuvchi energetikani kengaytirish, atom energetikasiga qiziqishning yangidan ortishi va transportning elektr energiyasiga ommaviy oʻtishi nazarda tutiladi.
Yana oʻqing

Boʻronlar va dronlar Rossiya nefti eksportini izdan chiqarmoqda
Bozorlar25-noyabr, 10:45
Korea Eximbank Oʻzbekistonda xomashyo qazib olish va qayta ishlash boʻyicha loyihalarni taklif qildi
Bozorlar25-noyabr, 10:41
