MB kurslariUSD12 002.10+14.21EUR13 166.30+51.55RUB146.02+0.61CNY1 802.06+6.31KZT26.21+0.04GBP15 721.55+65.3727.11.2026 holatiga
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Bozorlar

Nvidia odatiy hisobotni SECga topshirmay, gʻalati intriga uygʻotdi

Nvidia choraklik 10-Q hisobotini SECga topshirishni yaqin haftalargacha kechiktirdi. Kechikish Jensen Huangga nisbatan olib borilayotgan tergov boʻyicha ehtimoliy oshkor etishlar bilan bogʻliq.

19-noyabr, 10:16По-русски

Read in English

techcrunch.com

Nvidia odatda moliyaviy natijalar eʼlon qilingan kuni 10-Q hisobotini topshirardi. Biroq bu safar bosh direktor vazifasini bajaruvchi va moliya direktori Colette Kress sabablarni tushuntirmagan holda hisobot «yaqin haftalarda» topshirilishini aytdi.

Hujjat kompaniya faoliyati, jumladan, sud jarayonlari va xavf omillari haqida batafsilroq maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi. UBS tahlilchisi Timothy Arcuri rahbariyat kechikishni Nvidia bosh direktori Jensen Huangga nisbatan davom etayotgan tergov va yangi xavf omillari qoʻshilishi ehtimoli bilan bogʻlaganini maʼlum qildi.

Oʻsha kuni SEC Nvidia kompaniyasini oshkor etishlarda investorlarni chalgʻitgan boʻlishi mumkinligi sababli tekshirayotgani haqida maʼlumot paydo boʻldi. Kompaniya, shuningdek, uning hamkorlari Xitoyga yetkazib berilishi cheklangan sunʼiy intellekt chiplarini sotgani haqidagi daʼvolar yuzasidan federal tergovlarga duch kelmoqda. Bundan tashqari, Huangning Megaspeed rahbari Alice Huang bilan ishqiy munosabatda boʻlganini tan olishi va kompaniya xodimalari bilan boshqa aloqalari haqidagi xabarlar ortidan Nvidia ichki tekshiruv oʻtkazmoqda.

Arcuri «sotib olish» tavsiyasini saqlab qoldi, biroq aksiyalarning maqsadli narxini 240 dollardan 220 dollargacha pasaytirdi. 10-Q topshirilgach, investorlar hujjatni yangi maʼlumotlar bor-yoʻqligi nuqtayi nazaridan oʻrganadilar.