MB kurslariUSD12 002.10+14.21EUR13 166.30+51.55RUB146.02+0.61CNY1 802.06+6.31KZT26.21+0.04GBP15 721.55+65.3727.11.2026 holatiga
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar

OpenAIʼning sobiq tadqiqotchisi ulushini sotishdan tushgan mablagʻni sunʼiy intellekt xavfsizligiga yoʻnaltiradi

OpenAIʼning sobiq tadqiqotchisi Jeykob Kokson kompaniyadagi ulushini sotishini, undan tushgan mablagʻni esa sunʼiy intellekt xavfsizligi loyihalariga yoʻnaltirishini maʼlum qildi.

19-noyabr, 11:03По-русски

Read in English

businessinsider.com

Kokson 2023-yildan 2026-yilgacha OpenAIʼda ishladi, keyin Anthropic kompaniyasiga oʻtdi va u yerdan yaqinda ketdi. Endi u oʻta aqlli sunʼiy intellektni ishlab chiqishni toʻxtatib turish yoki keskin sekinlashtirish tarafdori. Uning fikricha, qolgan choralar diqqatni asosiy masaladan chalgʻitadi.

Ulushini sotish Koksonni OpenAI fond birjasiga chiqqanidan keyin olishi mumkin boʻlgan, miqdori millionlab dollarni tashkil etadigan ehtimoliy foydadan mahrum qilishi mumkin. Kompaniya bosh direktori Sem Altman avvalroq bunday joylashtirish yaqinlashayotganini aytgandi.

Kokson sentyabr oyida OpenAI va Anthropic insonlar hayotini xavf ostiga qoʻyayotgani haqida ogohlantirgandi. U, shuningdek, rekursiv oʻzini-oʻzi takomillashtirishni cheklashni talab qilmoqda — bu modellar oʻzlarini oʻzlari oʻqitadigan jarayondir. Stenforddagi chiqishida Kokson oʻz ulushini «qonli pullar» deb atagan, biroq oʻshanda undan voz kechishga tayyor emasdi.