JPMorgan moliya direktori Jeremi Barnum I chorak hisobotidan keyin ketadi
JPMorgan moliya direktori Jeremi Barnum I chorak hisobotidan keyin lavozimidan ketib, rais oʻrinbosari boʻladi. Uning oʻrnini Bregye de Best egallaydi.

AQShning JPMorgan banki seshanba kuni kelasi yilgi kadrlar almashinuvi haqida eʼlon qildi. 2021-yildan beri moliyani boshqarayotgan Barnum aprel oyidagi I chorak hisoboti chiqqach rais oʻrinbosari boʻladi va bankda 2028-yil boshigacha qoladi.
Jeymi Daymonning aytishicha, Barnum oʻtishni oʻzi soʻragan. Uning oʻrnini JPMorganning tijorat va investitsiya banki moliya direktori Bregye de Best egallaydi; tayinlangach, u operatsion qoʻmitaga kiradi. 2006-yildan beri JPMorganda ishlayotgan de Best investitsiya va korporativ bankchilik hamda bozorlarda rahbarlik qilgan.
Qaror Daymonning kelajakda ketishiga tayyorgarlik fonida qabul qilindi. Bank avvalroq bosh direktorlikka nomzodlardan biri deb qaralgan Marianna Leykning isteʼfosini eʼlon qilib, Dug Petno va Troy Rorboni hamrais etib tayinladi. Vorislik rejasidan xabardor manbaga koʻra, oʻzgarishlar rahbarlarning yangi avlodini tayyorlashi kerak.
Bir haftadan kamroq vaqt oldin maʼlum boʻlgan kredit kartalari rahbari Ellison Birning ketishi bankda alohida voqea deb qaralmoqda: u kengroq rahbarlik rolini izlamoqda. Morgan Stanley tahlilchilari moliya direktori almashinuvi JPMorgan strategiyasi yoki 2027-yil uchun dastlabki prognoziga taʼsir qiladi, deb kutmayapti.
Yana oʻqing

Boʻronlar va dronlar Rossiya nefti eksportini izdan chiqarmoqda
Bozorlar25-noyabr, 10:45
Korea Eximbank Oʻzbekistonda xomashyo qazib olish va qayta ishlash boʻyicha loyihalarni taklif qildi
Bozorlar25-noyabr, 10:41
