MB kurslariUSD12 002.10+14.21EUR13 166.30+51.55RUB146.02+0.61CNY1 802.06+6.31KZT26.21+0.04GBP15 721.55+65.3727.11.2026 holatiga
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Bozorlar

Nvidia xodimlaridan birining rafiqasi qiymati $2,5 mlrd boʻlgan chiplar kontrabandasi mojarosiga aralashib qoldi

Nvidia top-menejeri Jay Purining rafiqasi Senli Chen avval rahbarlari Xitoyga chip yetkazib berishda ayblanayotgan Super Micro kompaniyasida ishlagan

20-noyabr, 11:52По-русски

Read in English

shazoo.ru

Chen Super Micro kompaniyasida oʻsish boʻyicha direktor lavozimida ishlagan. Kompaniya Nvidia chiplarini serverlarga oʻrnatadi. Aksiyadorlar daʼvosida Chen noqonuniy savdolardan bexabar boʻlishi mumkin emasligi taʼkidlangan. Super Micro hozircha bu daʼvolarga javob bermadi.

Amerikalik prokurorlar joriy yilda kompaniyaning bir nechta rahbarlariga ayblov qoʻydi. Ayblov versiyasiga koʻra, 2,5 mlrd dollarlik zamonaviy Nvidia chiplari Tayvan orqali Xitoydagi mijozlarga yoʻnaltirilgan. Super Micro tergov bilan hamkorlik qilayotganini maʼlum qildi, biroq kompaniya ayblov xulosasida tilga olinmagan. Chen ham AQShdagi ish boʻyicha ayblanuvchi emas.

Muddy Waters investitsiya kompaniyasi eʼlon qilgan materiallardan soʻng Chenning Nvidia bilan aloqalari savollar tugʻdirdi. Tahlilchilar uning Puri yonidagi suratlari va u Senli Puri sifatida koʻrsatilgan yozuvlarga eʼtibor qaratdi. Keyinroq ular turmush qurgani maʼlum boʻldi. Nvidia avval ham Xitoy kompaniyalari uning chiplarini kontrabanda va qonunchilikdagi boʻshliqlar orqali olishga uringani haqidagi ayblovlarga duch kelgan.