Skott Bessent Jensen Huangni Nvidia uchun «tashqi» nomzod deb atadi
AQSh moliya vaziri Skott Bessent Jensen Huang haqidagi pozitsiyasini oʻzgartirdi: endi u sobiq rahbarni Nvidia bosh direktori lavozimiga «tashqi» nomzod deb hisoblaydi.

Yakshanba kuni Bessent Huang allaqachon Nvidiaʼdan tashqarida ekanini, shu bois uni tashqi nomzod sifatida koʻrish mumkinligini aytdi. 15 noyabrda vazir direktorlar kengashini rahbar oʻrniga kompaniyadan tashqaridan nomzod izlashga chaqirgandi.
Bu bayonotlar AQSh prezidenti Donald Trampning Huangni qoʻllab-quvvatlashidan keyin yangradi. 16 noyabrda Tramp uning qaytishiga qarshi emasligini aytdi, yakshanba kuni esa qayta tayinlanish Nvidia va AQSh uchun foydali boʻlishini yozdi.
Nvidia 12 noyabrda Huangning isteʼfoga chiqqanini, uning, jumladan, Singapurdagi Megaspeed rahbari Elis Huang bilan taxmin qilingan nikohdan tashqari aloqalari haqidagi xabarlar paydo boʻlganidan keyin maʼlum qildi. Direktorlar kengashi hali doimiy bosh direktorani tanlamadi va sobiq rahbarni qaytarishni rejalashtirmayotganini tasdiqladi. Moliya direktori Kollett Kress vaqtincha bosh direktor vazifasiga tayinlandi.
Huangning qaytishini Ilon Mask, Replit bosh direktori Amjad Masad, aksiyadorlar hamda Nvidiaʼning amaldagi va sobiq xodimlari ham qoʻllab-quvvatladi. Dushanba boshlanguniga qadar uni qoʻllab-quvvatlovchi petitsiyani 200 000 dan ortiq kishi imzoladi.
Yana oʻqing

Fransiyada Rossiyaning «Google»i Irlandiyadagi Googleʼdan 1,9 mlrd yevro undirishga urinmoqda
Biznes11:07
Mikro, kichik va oʻrta biznes Oʻzbekistonda bandlikning 75 foizini taʼminlaydi
Biznes09:33
