AQSh Jensen Huangning sevgilisi boshqargan Megaspeed kompaniyasiga nisbatan jinoiy tergov boshladi
Kompaniyaga avval Jensen Huang bilan munosabatda boʻlgan Elis Huang rahbarlik qilgan

AQSh idoralari Singapurdagi maʼlumotlar markazlari operatorini ilgʻor chiplar kontrabandasida gumon qilmoqda. AQSh rasmiylariga koʻra, Xuan, shuningdek, Xitoy maxsus xizmatlari tomonidan yollangan. Megaspeed kompaniyasi barcha qonunlarga rioya qilishini, Xuan esa endi unda hech qanday lavozimni egallamasligini bildirdi.
Savdo vazirligi tergovni 2024-yildayoq boshlagan. 2025-yil may oyida vazirlik Nvidia kompaniyasidan Megaspeed savdolari haqidagi maʼlumotlarni soʻradi, iyun oyida esa Xuan bilan suhbat oʻtkazdi. Keyin Nvidia kompaniyasining bosh yuriskonsulti Savdo vazirligiga xat yuborganidan soʻng ish toʻxtatib turildi, keyinchalik esa Adliya vazirligiga topshirildi. 2025-yil iyunida Nvidia Megaspeedni yetkazib berish taqiqlangan kompaniyalar roʻyxatiga kiritdi.
Shunga qaramay, Malayziyadagi Speedmatrix shoʻba kompaniyasi 2025-yil oktabridan 2026-yil fevraligacha Nvidia kompaniyasining 800 mln dollarlik uskunalarini, jumladan H200 tezlatkichlari va Blackwell chiplarini oldi. Fevral oyida Nvidia unga 13 mln dollarlik partiyani bevosita joʻnatdi. Oʻtgan hafta kompaniya, shuningdek, Savdo vazirligi Megaspeedga ayrim ehtiyot qismlarni yetkazib berishga ruxsat berganini maʼlum qildi.
AQSh rasmiylari bunday tergovlar yakunlanishidan oldin ular haqida kamdan-kam eʼlon qiladi. Savdo vazirligi kontrabanda boʻyicha ishlar yuzasidan 17 kishiga ayblov qoʻyganini bildirdi.
Yana oʻqing

Fransiyada Rossiyaning «Google»i Irlandiyadagi Googleʼdan 1,9 mlrd yevro undirishga urinmoqda
Biznes11:07
Mikro, kichik va oʻrta biznes Oʻzbekistonda bandlikning 75 foizini taʼminlaydi
Biznes09:33
