BYD Fransiyadagi Ineos zavodini sotib olish boʻyicha muzokara boshladi
BYD Hambaxdagi Ineos zavodini sotib olish boʻyicha eksklyuziv muzokara olib bormoqda. Bitim uchun ishlab chiqarish kengashlari bilan maslahatlashuv zarur; tafsilotlar 2027-yil 18-yanvarda taqdim etiladi.

Elektromobil ishlab chiqaruvchi korxonada Yevropa haydovchilari ehtiyojiga mos avtomobillar chiqarishni rejalashtirmoqda. BYD ishlab chiqarishni saqlab, mahalliy ish oʻrinlarini qoʻllab-quvvatlash, xodimlar va mintaqadagi yetkazib beruvchilar uchun imkoniyat yaratmoqchi.
BYD vitse-prezidenti Stella Li ehtimoliy investitsiyalar kompaniyaning Fransiyaga ishonchi va Yevropadagi ishtirokini kengaytirish rejasini tasdiqlashini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, BYD yevropalik xaridorlarga Fransiyada yigʻilgan avtomobillarni taklif qilmoqchi.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron BYD Fransiya rasmiylari bilan Mozel departamentidagi sanoat loyihasi ustida ishlayotganini tasdiqladi. U tashabbusni Fransiyaning iqtisodiy siyosati va Yevropa avtosanoatini rivojlantirish choralari bilan bogʻladi. Tafsilotlar Choose France investitsiya sammitida eʼlon qilinishi kutilmoqda.
Hambaxdagi zavod Grenadier yoʻltanlamasi va Quartermaster pikapini ishlab chiqaradi. Ineos kelishuv tuzilsa, bu modellar oʻrta muddatda shu zavodda yigʻilishini davom ettirishini bildirdi. Kompaniya AQShdagi maydonlarni ham koʻrib chiqmoqda va u yerda ishlab chiqarishni 2028-yilda boshlashni rejalashtirmoqda.
Yana oʻqing

Fransiyada Rossiyaning «Google»i Irlandiyadagi Googleʼdan 1,9 mlrd yevro undirishga urinmoqda
Biznes11:07
Mikro, kichik va oʻrta biznes Oʻzbekistonda bandlikning 75 foizini taʼminlaydi
Biznes09:33
