Xuddi SpaceXdagidek: Xitoyning CAS Space kompaniyasi Kinetica-2 raketalarini parallel yigʻishga oʻtdi
CAS Space Kinetica-2 Y3 va Y4 raketalarini bir vaqtning oʻzida yigʻishni boshladi. CASC maʼlumotlariga koʻra, ishlar jadval boʻyicha ketmoqda, biroq parvoz sanalari va foydali yuk hozircha oshkor qilinmagan.

Xitoyning CAS Space kompaniyasi alohida raketalarni ishlab chiqarishdan ikkita Kinetica-2 tashuvchisini parallel yigʻishga oʻtdi. Y3 va Y4 ishlab chiqarilishi jadval boʻyicha davom etmoqda.
Kinetica-2 seriyali ishlab chiqarishga moʻljallangan. Raketa umumiy markaziy blokka ega standartlashtirilgan modullardan tuzilgan. Yoqilgʻi baklari va baklararo boʻlimlarning oʻxshash konstruksiyasi detallarni almashtirish hamda zaxira toʻplamlarini yaratishni osonlashtiradi. Kompaniya ayrim uzellarni oʻzi ishlab chiqaradi, qolgan modullar, baklar va quvurlarni esa boshqa korxonalar tayyorlaydi. CAS Space raketaning oʻzini ishlab chiqarish, yigʻish, integratsiya qilish va sinovdan oʻtkazishni allaqachon yakunlagan.
Uzunligi 52 metr boʻlgan tashuvchi 625 tonnalik start massasiga va 766 tonnalik tortish kuchiga moʻljallangan. U balandligi 500 km boʻlgan Quyosh-sinxron orbitaga 8 tonnagacha yoki balandligi 200 km boʻlgan past Yer orbitasiga 12 tonnagacha yuk yetkazishi mumkin.
Kinetica-2 raketasining ilk parvozi 30 mart kuni amalga oshirildi: Y1 raketasi Dunfen tijoriy kosmodromidan uchirildi. 3 noyabr kuni Y2 tashuvchisi «Qianfan» turkumining 18 ta sunʼiy yoʻldoshini orbitalarga olib chiqdi. CASC mutaxassislari bu missiyalar Xitoyning past Yer orbitasidagi sunʼiy yoʻldoshlar turkumi uchun texnologiyalarni sinab koʻrishga yordam bergani va tez-tez, arzon parvozlarni amalga oshirish tizimini yaratishga yaqinlashtirganini hisoblaydi.
Yana oʻqing

Fransiyada Rossiyaning «Google»i Irlandiyadagi Googleʼdan 1,9 mlrd yevro undirishga urinmoqda
Biznes11:07
Mikro, kichik va oʻrta biznes Oʻzbekistonda bandlikning 75 foizini taʼminlaydi
Biznes09:33
