«Voyager-1» Yerga oid apparatlar orasida birinchi boʻlib bir yorugʻlik kuni masofasiga yetdi
NASA hisob-kitoblariga koʻra, 18 noyabr kuni «Voyager-1» Yerdan taxminan 25,9 mlrd kilometr uzoqlashdi — bu masofani radiotoʻlqin 24 soatda bosib oʻtadi.

Apparat bu marraga Toshkent vaqti bilan soat 15:16 da yetdi. Bungacha inson tomonidan yaratilgan boshqa biror obyekt Yerdan bunchalik uzoqlashmagan edi. Taqqoslash uchun, Quyoshdan sayyoramizgacha yorugʻlik taxminan sakkiz daqiqa 20 soniyada yetib keladi.
Bunday masofa aloqa kechikishini ham belgilaydi. Yerdan yuborilgan buyruq zondga taxminan bir sutkada yetib boradi, javob signali uchun ham shuncha vaqt kerak boʻladi. Shu sababli muhandislar yuborilgan koʻrsatma natijasini taxminan ikki sutkadan keyin bilib oladi.
«Voyager-1» 1977 yilda uchirilgan. Oradan deyarli yarim asr oʻtgan boʻlsa-da, u radioaloqa kanali orqali maʼlumot uzatib, ilmiy faoliyatini davom ettirmoqda. Uning kameralari 1990 yilda soʻnggi suratlar turkumi olinganidan keyin oʻchirib qoʻyilgan. Bu suratlar orasida Yerning «Och moviy nuqta» nomi bilan mashhur fotosurati ham bor edi.
Dasturning ikkinchi apparati — «Voyager-2» — uchirilganidan keyin boshqa trayektoriya boʻylab yoʻl oldi va Uran hamda Neptunni tadqiq qildi. NASA bahosiga koʻra, u Yerdan bir yorugʻlik kuni masofasiga 2035 yil noyabrida yetadi.
Yana oʻqing

FT maʼlumotlariga koʻra, Nvidia Janubi-Sharqiy Osiyoga sunʼiy intellekt serverlari yetkazib berishni toʻxtatishni buyurdi
Texnologiyalar08:49
Elektromobil narxidagi robot: Xpeng androidlarini qancha narxda sotishni rejalashtirayotganini maʼlum qildi
Texnologiyalar26-noyabr, 17:03
