AQSh moliya vaziri dunyo Eron neftisiz ham yashay olishini aytdi
AQSh moliya vaziri Skott Bessent Eron hozir neft sota olmasligi, import qiluvchi davlatlar esa bundan zarar koʻrmasligini aytdi. Maʼlumotlarni shanba kuni eʼlon qilishga vaʼda berdi.

Bessentning aytishicha, Eron neft qazib chiqara boshlaganidan beri ilk bor dengizda Eron xomashyosi ortilgan tankerlar yoʻq: hozir uni hech kim sotib ola olmaydi.
Vazir, shuningdek, hafta boshida Shenchjendagi muzokaralarda Rossiya, AQSh va Xitoy Eron yadro quroliga ega boʻlmasligi kerakligini tasdiqlaganini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, Vashington Tehronga iqtisodiy bosimni Eron mojaroni tugatish boʻyicha AQShni qoniqtiradigan kelishuvlarga rozi boʻlmaguncha davom ettiradi.
Bessent Eron tomonidan uyushtirilishi mumkin boʻlgan suiqasddan xavotirlanib, vaqtincha AQSh harbiy bazasida yashayotganini qoʻshimcha qildi. Uning aytishicha, The Wall Street Journal nashrining yangi uyi fotosuratini geolokatsiya maʼlumotlari bilan birga eʼlon qilgani koʻchib oʻtishiga taʼsir qilgan.
Yana oʻqing

Boʻronlar va dronlar Rossiya nefti eksportini izdan chiqarmoqda
Bozorlar25-noyabr, 10:45
Korea Eximbank Oʻzbekistonda xomashyo qazib olish va qayta ishlash boʻyicha loyihalarni taklif qildi
Bozorlar25-noyabr, 10:41
