MB kurslariUSD12 002.10+14.21EUR13 166.30+51.55RUB146.02+0.61CNY1 802.06+6.31KZT26.21+0.04GBP15 721.55+65.3727.11.2026 holatiga
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Biznes

SpaceX aksiyalarini amerikaliklarning yangi avlodi bilan boʻlishadi: har bir bola kompaniyada ulush oladi

SpaceX amalda mavjud har bir «Tramp hisobi»ga — soliq imtiyozlariga ega bolalar hisobiga — bittadan yangi aksiya berishni rejalashtirmoqda

27-noyabr, 08:57По-русски

Read in English

3dnews.ru

SpaceX amalda mavjud har bir «Tramp hisobi»ga — soliq imtiyozlari asosida uzoq muddatli jamgʻarmalarni shakllantirishga yordam beradigan bolalar investitsiya hisobiga — bittadan yangi aksiya berishni moʻljallamoqda.

Bu tashabbus SpaceX rahbari Ilon Maskning AQShdagi har bir bolaga bittadan aksiya berish haqidagi vaʼdasi bilan bogʻliq. U, shuningdek, kompaniya hadya qiladigan aksiyalar sonicha aksiyani shaxsan oʻzi berishni ham rejalashtirmoqda. SpaceX prezidenti va operatsion direktori Gvinn Shotvell esa alohida ravishda oʻz aksiyalaridan 2 mln donadan koʻprogʻini berish niyatini bildirdi.

Kompaniya aksiyalarni berish hozircha faqat reja qilinayotganini taʼkidlamoqda. Uni amalga oshirish davlat organlari va boshqa uchinchi tomonlardan olinadigan zarur tasdiqlarga bogʻliq, muddatlar va shartlar esa oʻzgarishi mumkin. SpaceX A toifasidagi oddiy aksiyalar koʻrinishidagi boʻlajak badallar haqidagi maʼlumotlarni xatarlar va noaniqliklar bilan bogʻliq istiqbolga doir bayonotlar qatoriga kiritdi.