IHT mamlakatlari 2035-yilgacha iqtisodiy hamkorlik ustuvor yoʻnalishlarini belgiladi
IHT tashqi ishlar vazirlari Islomobodda «Iqtisodiy hamkorlikning 2035-yilgacha strategik maqsadlari»ni qabul qildi

Uchrashuv Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 30-yigʻilishi boʻldi. Oʻzbekiston delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Bobur Usmanov rahbarlik qildi.
Ishtirokchilar mintaqaviy savdo va iqtisodiy hamkorlik, transport oʻzaro bogʻliqligi, investitsiyalar hamda ekologik barqarorlik masalalarini muhokama qildi. Qabul qilingan hujjatlar IHT mamlakatlari iqtisodiy hamkorligining ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.
«Iqtisodiy hamkorlikning 2035-yilgacha strategik maqsadlari» hujjati Oʻzbekiston prezidenti tashabbusi bilan ishlab chiqilgan.



