AQShda sud hayʼati Huaweiʼni tijoriy sirlarni oʻgʻirlashda aybdor deb topdi, biroq reketlik ishi boʻyicha oqladi
Amerikalik sud hayʼati Huaweiʼni tijoriy sirni oʻgʻirlash va banklarga nisbatan firibgarlikda aybdor deb topdi, biroq reketlik ayblovi boʻyicha oqladi. Kompaniya huquqbuzarliklarni rad etmoqda va chiqarilgan hukmlar ustidan shikoyat qiladi.

Hukm AQShning Nyu-York Sharqiy okrugi boʻyicha Federal okrug sudida 11 hafta davom etgan jarayondan soʻng chiqarildi. AQSh rasmiylari Huaweiʼga qarshi ayblovlarni ilk bor 2019-yil yanvarida ilgari surgan, keyinchalik esa ularning roʻyxatini kengaytirgan.
Kompaniya reketlik haqidagi modda boʻyicha oqlangani bu ayblovlar uchun faktik asoslar yoʻqligini tasdiqlashini bildirdi. Huawei AQSh hukumatining qolgan daʼvolarini ham asossiz deb hisoblaydi.
Prokuror Meredit Arfa Huawei rahbarlari va yuqori lavozimli menejerlari Kongress hamda banklarga yolgʻon gapirganini, AQSh sanksiyalarini buzganini va tergovga aralashishga uringanini taʼkidladi. Kompaniya huquqbuzarliklarga aloqadorligini rad etmoqda.
Advokat Brayan Heberlig ayblov ishoralar, kontekstdan uzib olingan faktlar va oʻch olishga intilayotgan sobiq xodimlarning koʻrsatmalariga asoslanganini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, AQSh oʻgʻirlangan deb hisoblayotgan materiallarning katta qismi allaqachon ochiq foydalanishda boʻlgan. Huawei ayblov hukmlari ustidan shikoyat qilmoqchi.
Yana oʻqing

Fransiyada Rossiyaning «Google»i Irlandiyadagi Googleʼdan 1,9 mlrd yevro undirishga urinmoqda
Biznes11:07
Mikro, kichik va oʻrta biznes Oʻzbekistonda bandlikning 75 foizini taʼminlaydi
Biznes09:33
