Aviatsiya yoqilgʻisi ishlab chiqaruvchi XCF Global Nasdaq xabarnomasidan soʻng birjadan tashqari savdoga oʻtadi
XCF Global Nasdaq kompaniyaga listingdan chiqarilishi haqida xabar berganidan soʻng birjadan tashqari savdoga oʻtish rejalarini maʼlum qildi. Kompaniya, shuningdek, Renodagi zavodida yoqilgʻi ishlab chiqarishni oshirmoqda.

18 noyabr kuni Nasdaq XCF Globalʼga uning A toifasidagi oddiy aksiyalarini Nasdaq Capital Market listingidan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilingani haqida xabar berdi. Kompaniya birjadan tashqari savdoga oʻtishga tayyorgarlik koʻrmoqda.
New Rise Renewables Reno zavodi iyul oyida qayta ishga tushganidan soʻng qayta tiklanuvchi dizel yoqilgʻisi ishlab chiqarish har oy oshib bordi va sentyabrda 1,35 mln gallonni tashkil etdi. 2026 yilning uchinchi choragida tushum yillik hisobda 127 foizga oshib, $21,7 mln ga yetdi.
Oktyabr oyida XCF Southern Energy Renewables Inc. va DevvStream Corp. bilan birlashuvni yakunladi. Bu kompaniyaning qayta tiklanuvchi yoqilgʻi texnologiyalari va ekologik aktivlarni boshqarish sohasidagi imkoniyatlarini kengaytirdi. Kompaniya, shuningdek, Kaliforniya shtatining Paramount shahrida qayta tiklanuvchi yoqilgʻi ishlab chiqaradigan zavodni sotib olish boʻyicha yakuniy kelishuvni imzoladi. Bitimni amalga oshirish yopilish shartlarining bajarilishi, moliyalashtirish jalb qilinishi va boshqa talablarning bajarilishiga bogʻliq.
XCF Reno zavodidagi ishlab chiqarish barqarorligi va tijoriy koʻrsatkichlarni yaxshilash, Paramount loyihasiga tayyorgarlikni davom ettirish hamda qayta tiklanuvchi yoqilgʻi sohasidagi boshqa imkoniyatlarni baholashni rejalashtirmoqda.
Yana oʻqing

Fransiyada Rossiyaning «Google»i Irlandiyadagi Googleʼdan 1,9 mlrd yevro undirishga urinmoqda
Biznes11:07
Mikro, kichik va oʻrta biznes Oʻzbekistonda bandlikning 75 foizini taʼminlaydi
Biznes09:33
