Nvidia oʻyin videokartalari yetkazib berilishini yana 20–30 foizga qisqartiradi
Xitoylik distribyutorlar forumidagi maʼlumotga koʻra, Nvidia oʻyin videokartalari yetkazib berilishini 2026-yil noyabridan 2027-yil yanvarigacha 20–30 foizga qisqartiradi.

Bu GeForce RTX 50 seriyasi qurilmalari taqchilligini kuchaytirishi mumkin. Xitoyga videokarta yetkazib berish 2026-yilning uchinchi choragidayoq cheklangan.
Navbatdagi tuzatish isteʼmolchilar uchun moʻljallangan va oʻyin videokartalariga taalluqli boʻladi, biroq GeForce RTXʼning aniq modellari aytilmagan. Oʻzgarish Xitoydan tashqaridagi boshqa bozorlarga ham tarqaladimi, nomaʼlum.
Avvalroq, noyabrda ishlab chiqaruvchilar distribyutorlarga eskiroq modellarga, jumladan GeForce RTX 3060 va RTX 3050’ga eʼtibor qaratishni tavsiya qilgan: ayrim kompaniyalarda RTX 50 seriyasi zaxiralari tugayotgan edi. Forumda bu joriy yildagi yetkazib berishning ikkinchi yirik qisqarishi deb atalmoqda. Ungacha u yerda RTX 50 yetkazib berilishi 2026-yilning birinchi yarmida 2025-yilning shu davriga nisbatan 30–40 foizga kamayishi mumkinligi xabar qilingan. Bunga xotira ishlab chiqaruvchilarining sunʼiy intellekt uchun komponentlar ishlab chiqarishga qayta yoʻnaltirilishi sabab qilib koʻrsatilgan.
Bu oyda Colorful Xitoyda RTX 5090D V2 uchun distribyutorlik narxini taxminan 490 dollargacha, RTX 5080 uchun esa 420 dollargacha oshirdi. Yozda Nvidia hamkorlarini GDDR7 va GDDR6 xotirali videokartalar qimmatlashishi haqida ogohlantirgan.
Yana oʻqing

FT maʼlumotlariga koʻra, Nvidia Janubi-Sharqiy Osiyoga sunʼiy intellekt serverlari yetkazib berishni toʻxtatishni buyurdi
Texnologiyalar08:49
Elektromobil narxidagi robot: Xpeng androidlarini qancha narxda sotishni rejalashtirayotganini maʼlum qildi
Texnologiyalar26-noyabr, 17:03
