Oʻzbekiston va Afgʻoniston yuk tashish hajmini oshirishga kelishdi
Oʻzbekiston va Afgʻoniston temir yoʻl hamkorligini kengaytirib, yuk oqimini oshirmoqchi. Tomonlar Naibobod stansiyasini rivojlantirish va Hayratondan Mozori Sharifga yuk tashishni yoʻlga qoʻyishga kelishdi.

2026-yil 18-noyabr kuni Hayratonda «Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJ boshqaruvi raisi Z. G. Narzullayev va Afgʻoniston temir yoʻllari boshqarmasi rahbari Mavlavi Abdul Karim Fotih uchrashdi.
Tomonlar temir yoʻl qatnovini rivojlantirish, mavjud imkoniyatlardan foydalanish va ikki davlat oʻrtasidagi yuk oqimini oshirish masalalarini muhokama qildi. Joriy yilda oʻzaro yuk tashish hajmi sezilarli oshgani qayd etildi.
Muzokaralar yakunida tomonlar Naibobod stansiyasini belgilangan muddatlarda rivojlantirish va Hayratondan Mozori Sharifga yuklarni temir yoʻl orqali tashishni yoʻlga qoʻyishga kelishdi. Shuningdek, ular poyezdlarning sutkalik umumiy aylanmasini oshirish, Afgʻoniston temir yoʻl sohasi mutaxassislarini tayyorlash va malakasini oshirishni yoʻlga qoʻyishni rejalashtirmoqda.
Yana oʻqing

Boʻronlar va dronlar Rossiya nefti eksportini izdan chiqarmoqda
Bozorlar25-noyabr, 10:45
Korea Eximbank Oʻzbekistonda xomashyo qazib olish va qayta ishlash boʻyicha loyihalarni taklif qildi
Bozorlar25-noyabr, 10:41
