«Rosatom» 2030-yillarda beshinchi avlod yadroviy yoqilgʻisini joriy etishni boshlashni moʻljallamoqda: tahlil
TVS-5 dan ilk bor Novovoronej AESdagi VVER-1200 reaktorlaridan birida foydalanish rejalashtirilmoqda

Yangi konstruksiyada uran-plutoniy kompozitsiyasi qoʻllanadi, issiqlik ajratuvchi elementlar qobigʻi esa xrom qoplamali boʻladi. TVS-5 hozirda alohida-alohida tajriba-sanoat sinovlaridan oʻtkazilayotgan bir nechta yechimni birlashtiradi.
Balakovo AESda VVER-1000 reaktorida ayrim TVELlari MOX yoqilgʻisi — uran va plutoniy oksidlari aralashmasi — asosida tayyorlangan kombinatsiyalangan yigʻilmalar sinovdan oʻtkazilmoqda. Novovoronej AESda esa VVER-1200 reaktorlari uchun moʻljallangan TVS-5 konstruksiyasining oʻzi sinovdan oʻtkazilmoqda.
Texnologiyalarning birlashtirilishi uran-plutoniy yoqilgʻisidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishi va VVER-1200 reaktorlarini yopiq yadroviy yoqilgʻi sikliga jalb etishi kerak. Loyiha, shuningdek, bunday yoqilgʻini avtomatlashtirilgan sanoat usulida ishlab chiqarish hamda atom reaktorlari xavfsizligini oshiradigan texnologiyalardan foydalanishni nazarda tutadi.
Yana oʻqing

FT maʼlumotlariga koʻra, Nvidia Janubi-Sharqiy Osiyoga sunʼiy intellekt serverlari yetkazib berishni toʻxtatishni buyurdi
Texnologiyalar08:49
Elektromobil narxidagi robot: Xpeng androidlarini qancha narxda sotishni rejalashtirayotganini maʼlum qildi
Texnologiyalar26-noyabr, 17:03
