Investorlar tokenizatsiyani bitcoin oʻsishining yangi drayveri deb bilmoqda
Clarity Act AQSh Senatida ilgari surilmagach, investorlar Uoll-stritning blokcheynga oʻtishi bitcoinni qoʻllab-quvvatlashiga umid qilmoqda.

Juma kuni bitcoin $61 500 atrofida savdo qilindi — 2025-yil oktabrida erishilgan $126 000dan yuqori tarixiy maksimumdan 50 foizdan ortiq past. 2026-yil sentabrida kripto bozori tuzilmasi haqidagi Clarity Act Senatda ilgari siljimadi, shundan beri raqamli aktivlar bozori bosim ostida.
BitGo bosh direktori Mayk Belshe BlackRock kabi anʼanaviy moliya kompaniyalari raqamli aktivlarni oʻrganayotganini aytdi. BlackRock bosh direktori Larri Fink moliya rivojining keyingi bosqichini aksiyalar, obligatsiyalar, fondlar va boshqa real aktivlarni yagona blokcheyn reyestrida raqamlashtirish bilan bogʻladi.
eToro bosh direktori Yoni Assia kapital bozorlari allaqachon blokcheynga oʻtayotganini aytdi: SpaceX IPOsidan oldin platformada kompaniyaga bogʻliq, mijozlar uchun sutka davomida mavjud derivativlar savdo qilindi. Uning aytishicha, CFTC shu oy boshida tartibga solinadigan birjalarda ayrim aksiyalar boʻyicha muddatsiz fyucherslarga yoʻl ochdi, SEC esa sentabrda tokenizatsiya qilingan AQSh aksiyalari savdosiga sharoit yaratdi.
Inflyatsiya va geosiyosiy keskinlik pasayishi ham bozorga taʼsir qilishi mumkin. ARK Invest investitsiyalar direktori Keti Vud bitcoinning 2030-yilgacha $1,5 mln ga yetishi prognozini saqladi va tarixiy maksimum 2027-yil oxirigacha qaytishi mumkinligini istisno etmadi.
Yana oʻqing

Boʻronlar va dronlar Rossiya nefti eksportini izdan chiqarmoqda
Bozorlar25-noyabr, 10:45
Korea Eximbank Oʻzbekistonda xomashyo qazib olish va qayta ishlash boʻyicha loyihalarni taklif qildi
Bozorlar25-noyabr, 10:41
