AI-80 benzini birjaga chiqarildi, ammo zapravkalarda boʻlmaydi — Energetika vazirligi
AI-80 ni birjada faqat litsenziyaga ega qayta ishlash korxonalari sotib olishi mumkin: u avtomobillar uchun emas, xomashyo sifatida moʻljallangan.

Energetika vazirligi savdoga chiqarilgan AI-80 benzinidan qayta ishlash korxonalarida xomashyo sifatida foydalanilishini maʼlum qildi. Undan oktan soni yuqoriroq benzin va boshqa kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarilishi mumkin.
Savdo shartlariga koʻra, yoqilgʻini faqat tegishli litsenziyaga ega korxonalar sotib olishi mumkin. Vazirlik bu AI-80 ning avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalariga qaytarilishini anglatmasligini taʼkidladi: uni avtomobillar uchun sotishga doir amaldagi cheklovlar saqlanib qoladi.
Bu turdagi benzindan voz kechish haqidagi qaror ekologik choralar doirasida qabul qilingan. Oʻzbekistonda undan foydalanish 2025-yil 1-dekabrdan boshlab toʻliq toʻxtatilishi kerak.
Yana oʻqing

Boʻronlar va dronlar Rossiya nefti eksportini izdan chiqarmoqda
Bozorlar25-noyabr, 10:45
Korea Eximbank Oʻzbekistonda xomashyo qazib olish va qayta ishlash boʻyicha loyihalarni taklif qildi
Bozorlar25-noyabr, 10:41
