YI Wildberries asoschisi Tatyana Kimga qarshi sanksiyalar joriy etdi
Jami yangi cheklovlar 145 ta kompaniya va jismoniy shaxsga taalluqli boʻladi

Roʻyxatning oʻzi hozircha eʼlon qilinmagan. Avvalroq «Ozodlik» radiosi hujjat loyihasiga tayanib, YI Wildberriesʼni Rossiya armiyasi harbiy va ikki xil maqsadda qoʻllanadigan tovarlarni olishi mumkin boʻlgan kanal deb hisoblayotgani haqida yozgan edi.
EUobserver maʼlumotlariga koʻra, loyiha roʻyxatidan Yandex va Ozon hammulkdori Aleksandr Chachava, tadbirkor Ruslan Baysarov hamda Federatsiya Kengashi spikerining oʻgʻli Sergey Matviyenko ham joy olgan.
Odatda YI sanksiyalari Yevropa Ittifoqidagi aktivlarni muzlatishni, jismoniy shaxslar uchun esa mamlakatga kirishni taqiqlashni ham anglatadi. Barro, shuningdek, Fransiya 22-sanksiyalar paketining qabul qilinishiga erishishga intilishini aytdi. Ushbu paketga Rossiyaga benzin yetkazib berishni cheklash choralari kiritilishi mumkin.
Yana oʻqing

Fransiyada Rossiyaning «Google»i Irlandiyadagi Googleʼdan 1,9 mlrd yevro undirishga urinmoqda
Biznes11:07
Mikro, kichik va oʻrta biznes Oʻzbekistonda bandlikning 75 foizini taʼminlaydi
Biznes09:33
