YI favqulodda vaziyatlar uchun neft zaxiralarini qayta tashkil etish choralarini koʻrmoqda
Yevrokomissiya YI davlatlari rezervni yoqilgʻi talabi va neftni qayta ishlash quvvatlariga mos shakllantirishi uchun oʻzgarishlar tayyorlamoqda. Loyiha dekabr boshida maʼqullanishi mumkin.

Hozir YI davlatlari kamida 90 kunlik sof neft importi yoki ichki isteʼmolning 61 kuniga teng favqulodda zaxira saqlashi shart — kattaroq koʻrsatkich olinadi. Zaxiraning bir qismi allaqachon qayta ishlangan neft mahsulotlaridan iborat boʻlishi kerak, biroq ularning nisbati ichki talabni aks ettirishi shart emas.
Yevrokomissiya zaxira tarkibini har bir mamlakatdagi yoqilgʻi isteʼmoli va neftni qayta ishlash quvvatlariga bogʻlashni taklif qilmoqda. Yevropadagi neftni qayta ishlash zavodlari qisqarayotgan bir paytda, mintaqa ehtiyojidan koʻproq benzin ishlab chiqarmoqda, biroq dizel, ayniqsa aviatsiya yoqilgʻisida tarkibiy tanqislikka duch kelmoqda. Xom neft zaxiralari yetishmayotgan tayyor mahsulot importining oʻrnini tez bosa olmaydi.
Iyulda YIning favqulodda zaxiralari umumiy hajmi 103,5 mln tonnani tashkil etgan, shu bilan birga 13 mamlakat minimal talablarga yetmagan. YI bahosiga koʻra, Eron bilan mojaro martdan sentyabrgacha boʻlgan davrda blokning dizel importi xarajatlarini €40 mlrdga oshirgan. Loyiha, shuningdek, istisno holatlarda harbiylarning yoqilgʻi zaxiralaridan vaqtincha foydalanish imkonini nazarda tutadi va maʼqullanguniga qadar yana oʻzgarishi mumkin.
Yana oʻqing

Boʻronlar va dronlar Rossiya nefti eksportini izdan chiqarmoqda
Bozorlar25-noyabr, 10:45
Korea Eximbank Oʻzbekistonda xomashyo qazib olish va qayta ishlash boʻyicha loyihalarni taklif qildi
Bozorlar25-noyabr, 10:41
