Yevroosiyo taraqqiyot banki Yangi Toshkent infratuzilmasiga 2,5 mlrd dollar yoʻnaltirishi mumkin
Yevroosiyo taraqqiyot banki va Yangi Toshkent qurilishi direksiyasi memorandum imzoladi: bank sakkizta infratuzilma loyihasiga 2,5 mlrd dollar yoʻnaltirishi mumkin.

Toshkentda Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yangi Toshkent qurilishi direksiyasi va Yevroosiyo taraqqiyot banki hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandumni imzoladi. Hujjat yangi shahar infratuzilmasini rivojlantirish va xalqaro investitsiyalarni jalb etishni nazarda tutadi.
Tomonlar umumiy qiymati 2,5 mlrd dollar boʻlgan sakkizta ustuvor loyihani belgiladi. Ular qatoridan metro liniyalari, sport va tibbiyot majmualari, kommunal infratuzilma hamda koʻp funksiyali shaharsozlik loyihalari oʻrin olgan.
Memorandumni Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari — Yangi Toshkent qurilishi direksiyasi direktori Davronjon Adilov hamda Yevroosiyo taraqqiyot banki boshqaruvi raisi Nikolay Podguzov imzoladi.



