Oʻzbekiston 2030 yilgacha yem ishlab chiqarishni 90 mln tonnagacha oshirishni rejalashtirmoqda
Oʻzbekiston hukumati 2027 yilda 64,5 mln tonna, 2030 yilgacha esa 90 mln tonna yem ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Hosildorlikni gektariga 350 sentnerdan 500 sentnergacha oshirish koʻzda tutilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev chorvachilikning yem-xashak bazasini rivojlantirishga oid taqdimot bilan tanishdi. Hozir mamlakatda yiliga 48 mln tonna yem ishlab chiqariladi, bu esa soha ehtiyojlarini qoplamaydi. Yem xarajatlari goʻsht tannarxining 30 foizini tashkil etadi.
Ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun hududlar kesimida yem-xashak balansi tuzish, ekin maydonlari va yem-xashak ekinlari turlarining hisobini toʻliq raqamlashtirish rejalashtirilmoqda. Chorvachilik uchun ajratilgan yerlarning maqsadli ishlatilishi kosmik monitoring yordamida nazorat qilinadi. Shuningdek, takroriy ekishni kengaytirish, yuqori hosildor navlar va zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish koʻzda tutilgan.
2030 yilgacha qishloq xoʻjaligi aylanmasiga 200 ming gektar yer kiritilib, ularda yem-xashak ekinlari yetishtirilishi rejalashtirilmoqda. Yaylovlar mahsuldorligini oshirish uchun dronlar yordamida 1 mln gektar maydonga urugʻ sepish moʻljallangan. Masʼul shaxslarga loyihalarni moliyalashtirish va chorvachilik bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash choralarini ishlab chiqish topshirildi.
Yana oʻqing

Qozogʻiston, Ozarbayjon va Oʻzbekiston Kaspiy orqali Yevropaga energiya kabeli loyihasi ustida ishlamoqda
Bozorlar14:09
Trampning tarif choralari Hindistonga Osiyodagi raqiblari oldida ustunlik bermoqda
Bozorlar13:24
